O‘zbekistonda shifokorlarni litsenziyalash boshlanadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ilg‘or xorijiy tajriba asosida, bosqichma-bosqich klinikalarni emas, shifokorlarni litsenziyalash tizimiga o‘tiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqotda so‘z ochdi.

“Bu tizim yo‘lga qo‘yilsa, tibbiyot xodimlarini malaka oshirishga majburiy yuborish talab etilmaydi. Balki, ular o‘z ustida doimiy ishlab, tajribasini oshirishdan o‘zlari bevosita manfaatdor bo‘ladi”, deydi Prezident.

Umuman, sohadagi islohotlarni rejali va izchil davom ettirish maqsadida, Jahon banki ekspertlari bilan birga, 1 oktyabrga qadar muloqot davomida Prezident tomonidan ilgari surilgan 7 ta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga olgan Sog‘liqni saqlash strategiyasi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, bugungi “ochiq muloqot”ga tayyorgarlik jarayonida kelib tushgan muammolarning yechimlari va bildirilgan takliflar bo‘yicha, qisqa muddatda qarorlar qabul qilinishi qayd etildi.

"Ularda barcha taklif va tashabbuslar, shuningdek, bugun bildiriladigan fikr-mulohazalar ham o‘z aksini topadi.
Bu maqsadlar uchun, 2022 yilda byudjetdan sohaga ajratilgan 24 trillion so‘mga qo‘shimcha 3,2 trillion so‘m berish bo‘yicha hisob-kitoblar qilingan.

Barchangiz tushunasiz, hozir dunyoda sodir bo‘layotgan murakkab vaziyatda, sog‘liqni saqlash tizimi uchun, bunday katta mablag‘larni izlab topish, albatta oson bo‘layotgani yo‘q", deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

shifokor

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing