Yonilg‘isiz qolgan Rossiya: Putin Zelenskiy bilan muzokaralarga tayyor

Olam

image
Qrimda benzin sotuvi to‘liq to‘xtatildi north_east

Qrimda benzin sotuvi to‘liq to‘xtatildi

Kecha, 23 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hukumatning yonilg‘i bo‘yicha murakkab vaziyat haqidagi hisobotini eshitdi va Ukraina Qurolli kuchlari hujumining oqibatlarini “nolga tushirish” uchun choralar ko‘rishni talab qildi. Bu haqda u videokonferensiya orqali hukumat bilan o‘tkazilgan yig‘ilishida so‘z ochdi.

Vladimir Putin mamlakatdagi yonilg‘i (benzin) bilan bog‘liq murakkab vaziyat haqida hisobotni eshitdi. U birinchi marta neftni qayta ishlash zavodlariga qilingan hujumlar sababli yuzaga kelgan benzin yetishmovchiligi haqida izoh bergan. Bundan tashqari, u Rossiya Ukraina bilan muzokaralarga tayyor ekanini aytgan.

Yig‘ilish davomida bosh vazir o‘rinbosarlari Marat Xusnullin va Aleksandr Novak ma’ruza qilgan. Marat Xusnullin hukumat hududlar bilan birga Qrimga yo‘llanmalar olgan turistlarga pul qaytarish va biznes zararlarini qoplash bo‘yicha choralar ishlab chiqayotganini aytgan.

Aleksandr Novak esa yonilg‘i bozoridagi vaziyat murakkab, lekin nazorat ostida ekanini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat aholini benzin bilan ta’minlash uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Bu choralar orasida zavodlar quvvatini oshirish, ularning rejalashtirilgan ta’mirlarini boshqa muddatga ko‘chirish va ta’mirlash muddatlarini qisqartirish bor.

Putin bunga javoban, Kiyev rejimi yaratmoqchi bo‘lgan tahdidlar imkon qadar kamaytirilishi kerakligini aytgan. Uning fikriga ko‘ra, bu hujumlar frontdagi vaziyatga ta’sir qilmaydi, chunki Rossiya qo‘shinlari birin-ketin aholi punktlarini va hududlarni egallab olmoqda.

“Rossiyada bo‘layotgan holatlar aksincha, jangchilarning ruhiyatini kuchaytirib, ularga berilgan vazifalarni bajarishga undamoqda”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Putin yig‘ilishda Rossiya Ukraina bilan muzokaralarga tayyor ekanini aytgan, lekin faqat 2022 yilda Istanbulda erishilgan kelishuvlar asosida ish olib bormoqchi.

Istanbul kelishuvlari deganda 2022 yilda tayyorlangan, lekin yakunlanmagan bitim loyihasi nazarda tutiladi. Unda Ukraina neytral davlat bo‘lishi masalasi ko‘tarilgan edi.

Bu kelishuv nega imzolanmagani haqida ikki xil fikr bor. Moskva Ukraina uni sobiq Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ta’siri ostida rad etgan deydi. Jonson esa bu gapni yolg‘on deb atagan, Zelenskiy esa G‘arb xavfsizlik kafolatini bermagani uchun rad etilganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qrimning g‘arbiy va shimoliy qismidagi Yevpatoriya, Jankoy va boshqa aholi punktlari dron hujumiga uchragan va elektrsiz qolgandi.

Qolaversa, Ukraina Qurolli kuchlarining Harbiy-havo kuchlari bo‘linmalari Rossiyaning Voronej shahridagi raketa komponentlari ishlab chiqaradigan zavodga zarba bergan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing