To‘qayev oligarxlar boyligini bo‘lishishi uchun ochgan fond katta mablag‘ yig‘di

Olam

image

Qozog‘istonning bir qator kompaniyalari “Qozog‘iston xalqiga” jamg‘armasiga xayriya mablag‘larini o‘tkazib, uni yana 16,5 milliard tenge bilan to‘ldirdi. Bu haqda jamg‘arma Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 29-31 yanvar oralig‘ida quyidagi mablag‘lar kiritilgan:

•  “AO Altyntau Kokshetau” OAJ - 6 milliard 470 million tenge;
•  “Kazsink” MCHJ – 5 milliard 855 million tenge;
•  “KaR-Tel” MCHJ – 2 milliard tenge;
•  “Jayremskiy GOK” OAJ – 675 million tenge;
•  Sxay Yakov Andreyevich - 500 million tenge;
•  “MabetexGroup” kompaniyasi - 500 million tenge;
•  “AlSolutions” MCHJ - 300 million tenge;
•  “SAUTS OYL” MCHJ – 200 million tenge.

Xabarga ko‘ra, joriy yilning 16 yanvaridan 31 yanvargacha bo‘lgan davrda jamg‘armaga 109,8 (252 mln 847 ming 440 dollar) milliard tenge kelib tushgan.

“Ilgari jamg‘arma yiliga kamida 100 milliard tenge miqdorida mablag‘ to‘plashi taxmin qilingan edi. Prognoz hisob-kitoblari xorijiy va xalqaro kompaniyalardan mablag‘lar olishni nazarda tutmagan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Qosim-Jomart To‘qayev “Nur Otan” partiyasi qurultoyidagi nutqida jamg‘armaga xayriya qilishga shoshilmayotgan yirik biznes vakillarini qattiq ogohlantirgan edi. 

“Oligopoliyaga kiruvchi ayrim taniqli ishbilarmonlar davlat rahbari tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan xayriya tadbirida qatnashishga shoshilmayapti. Bu ochko‘zlikmi, nigilizmmi, loqaydlikmi yoki e’tiborsizlikmi? Davlatda bunga javob olish uchun bir qator vakolatlar mavjud. Bu savol!”, degan edi Prezident.  

Ma’lumot uchun, joriy yilning 11 yanvar kuni Qosim-Jomart To‘qayev sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy soha, madaniyat va sport sohalaridagi muammolarni hal etish uchun “Qozog‘iston xalqiga” jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

420

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing