FIFA JCH chiptalari sabab sudga berildi
Sport
−
10:45 1056 1 daqiqa
Yevropaning iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi Euroconsumers hamda Yevropa futbol muxlislari uyushmasi FIFA ustidan Yevropa komissiyasiga shikoyat qildi. Bu haqda “Politico” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shikoyatda FIFA 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati chiptalarini sotishda bozordagi ustun mavqeidan noto‘g‘ri foydalangani aytilmoqda. Xususan, Yevropa Ittifoqi faoliyati to‘g‘risidagi shartnomaning bozorda ustun mavqedan suiiste’mol qilishni taqiqlovchi 102-moddasi buzilgani qayd etilgan.
Euroconsumers vakili Romane Armangauning so‘zlariga ko‘ra, FIFA chiptalar sotishda yagona hukmronlikka ega bo‘lib, bu imkoniyatdan foydalanib bozorda odatiy bo‘lmagan yuqori narxlarni belgilaydi. Shuningdek, tashkilot xaridorlarga yetarli ma’lumot bermay, ularni shoshilinch qarorlar qabul qilishga undamoqda.
Qolaversa, Yevropa sport komissari Glenn Mikallef Yaqin Sharqdagi mojaro tufayli Jahon chempionati ishtirokchilari uchun xavfsizlik bilan bog‘liq tahdidlar mavjudligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta milliy terma jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha uch mamlakat – Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada va Meksika hududlarida bo‘lib o‘tadi.