O‘zbekiston delegatsiyasi Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi

Sport

image

Bugun, 28 noyabr kuni O‘zbekiston sport delegatsiyasi yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun Bahraynga jo‘nab ketdi.

Joriy yilning 2-6 dekabr kunlari Bahraynda yoshlar o‘rtasida VI Para Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu yirik musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar para yengil atletika, para suzish, para taekvondo va para pauerlifting sport turlari bo‘yicha bahslarga kirishadi.

Para yengil atletika

1. Nigina Husanova
2. Diyoraxon Anvarova
3. Kubaro Hakimova
4. Hayotjon Rahmonaliyev
5. Furqatjon Ne’matov
6. Hikmatillo Mamaroziqov
7. Dilshodbek Sodiqov
8. Islomjon Abdusamatov

Para suzish

1. Sultonbek Nuritdinov
2. Azizbek Boynazarov

Para taekvondo

1. Asilbek Husanov
2. Qudratjon Haydarov
3. Qudratillo Shonazarov

Para pauerlifting

1. Ozoda Olimova
2. Dildoraxon Nurullayeva
3. Sherali Ahmedov
4. Oqiljon Yoqubov

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari Toshkentda o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik. Shu tariqa O‘zbekiston bir vaqtning o‘zida yoshlar o‘rtasida ikkita qit’a o‘yinlari mezbonligini qabul qiluvchi ilk mamlakat sifatida qayd etiladi. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 27 noyabr – 6 dekabr kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida para pauerlifting bo‘yicha o‘smirlar va kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda Tolmas Orazimbetov murabbiyligidagi 11 nafar sportchi O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Paralimpiya Para engil atletika Para taekvondo Para Osiyo o'yinlari Para Pauerlifting

Baholaganlar

11

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing