Ayollar nega kaltak yeydi? So‘z urgan va urilganlarga
Jamiyat
−
27 noyabr 2021
9904Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda er ayolini urgani, uni ho‘rlab kelgani haqidagi xabarlar, afsuski, tez-tez uchrab turibdi. Buning oqibatida minglab oilalar buzilib, bolalar koptokdek uyoqdan-buyoqqa uloqtirilib, ota-ona mehridan birdek bahramand bo‘lmasdan ulg‘aymoqda. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda 29 031 ta ajrim qayd etilgan. Ajrimlarga asosan oilada yuz beradigan ko‘plab muammo va tushunmovchiliklar, shuningdek yetishmovchiliklar sabab bo‘lmoqda.
Kimdir turmushdagi muammolarda ayolni ayblasa, yana kimdir erkak kishi sabab oila buzilganini pesh qiladi. “Aslida qars ikki qo‘ldan chiqadi. Turmushning mushtiga chidash kerak” deydigan yoshi ulug‘larimiz ham topiladi.
Ba’zi oilalarda arzimagan sabab bilan ayolini o‘lasi qilib do‘pposlagan erkaklar, kaltak yeyaverganidan turmushidan zada bo‘lgan ayollar ham yo‘q emas. Erkakning ayolga qo‘l ko‘tarishiga nima sabab bo‘ladi? O‘zbek jamiyatida oiladagi zo‘ravonlik qanchalik avj olgan?
QALAMPIR.UZ 25 noyabr – “Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish” kuni munosabati bilan aholi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.
So‘rovnoma respondentlari “Ayolingizni urganmisiz?”, “Turmush o‘rtog‘ingizdan kaltak yeganmisiz?” savollariga javob berdi.
So‘z urgan va urilganlarga!