Vazirlik jihodchilar orasida mahalla raisi bo‘lgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Qashqadaryo viloyatida “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi tarafdorlari qo‘lga olingani, ularning orasida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mahalla raisi ekstremistik oqimga qo‘shilib qolgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, qo‘lga olingan fuqarolar orasida mahalla fuqarolar yig‘ini raisining borligi o‘z isbotini topmagan. Biroq, ularning orasida mahalla raisining ukasi borligi aniqlangan.

Xabarga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Boshchorbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Z.Q. ning xonadonida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda bir guruh fuqarolar “Jihodchilar” oqimi vakillari sifatida qo‘lga olingan.

Vazirlik tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar yakunida, ushbu fuqarolar orasida “Boshchorbog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi M. T. ning borligi o‘z isbotini topmagan. Shuningdek, guruh a’zolari ichida fuqaro M. T. ning ukasi – 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro H.T. bo‘lganligi aniqlangan. 

Hozirgi kunda Dehqonobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro H.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2441-moddasining 2-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoyat ishi doirasida “Boshchorbog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi M. T. ayblanuvchi (yoki guvoh) tariqasida jalb etilmagan.

Bunga qadar, O‘zbekiston musulmonlari idorasi DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan guruh orasida masjid imom-noibi borligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirib, qo‘lga olingan shaxs aslida boshqa kasb egasi ekanini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

401

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing