Bo‘ysunmas Panjsher: Ahmad Shoh Mas’udning vorisi “Tolibon”ga qarshi kuch to‘plamoqda

Olam

image
“Tolibon”ning Afg‘onistondagi asosiy rahbarlari kimlar? north_east

“Tolibon”ning Afg‘onistondagi asosiy rahbarlari kimlar?

“Tolibon” harakati butun Afg‘onistonni nazoratiga olganini e’lon qilgani haqida xabar bergan edik. Biroq, mamlakatdagi birgina viloyat – Panjsher hamon toliblarga bo‘yin egmagani ma’lum bo‘ldi va hozirda ushbu provinsiya “Tolibon”ga qarshilik ko‘rsatish markazi bo‘lishi taxmin qilinyapti.

Afg‘onistonning 1992-1996 yillardagi Mudofaa vaziri, mashhur "dala qo‘mondoni" Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li Ahmad Mas’ud Panjsher viloyatida bo‘lib turibdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Ahmad Mas’ud Panjsherdan ketmasligini va odamlari bilan qolishini aytgan hamda qochib yurgani haqida mish-mishlarga ishonmaslikka chaqirgan.

Shu bilan birga, Panjsherda “Tolibon”ga qarshi kuchlar to‘planayotgani ham aytilmoqda. Ashraf G‘ani hukumatida vitse-prezident bo‘lgan Amrulla Solih ham Kichik Mas’udning oldiga kelgan. Ular toliblar hokimiyatini tan olmagan qo‘mondonlarni ham to‘plamoqda. 

Panjsherda 1996–2001 yillarda “Tolibon”ga qarshi kurashgan “Shimoliy alyans” bayrog‘i ko‘tarilgan. Ular jahon hamjamiyatidan gumanitar yordam so‘ragan.

Qayd etish kerakki, “Tolibon” 1996 yilda hokimiyatga kelganida ham Panjsher viloyati harakatga bo‘ysunmagan va qarshilik ko‘rsatish harakatining markazi bo‘lgan. Viloyatda 150 ming atrofida odam yashaydi. Ularning asosiy qismi tojik millatiga mansub.

Ma’lumot uchun, Ahmad Mas’ud Sandxerst Qirollik harbiy akademiyasi bitiruvchisi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 avgust kuni "Tolibon" harakati Qobulni egallab, hokimiyatga kelgach, Afg‘onistonda urush tugaganini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Panjsher

Baholaganlar

980

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing