Bozorlarda narx-navo qanday?

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida go‘sht 45 000 – 80 000 so‘mdan, o‘simlik yog‘i esa 14000 – 24000 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazib, ma’lum qildi.

Qo‘mita kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.

Joriy yil 11 avgust holatiga ko‘ra:

Suyakli mol go‘shti (1 kg) — 45000 – 68000 so‘m

Qo‘y go‘shti (1 kg) — 52000 – 80000 so‘m

Kartoshka (1 kg) — 1500 – 5000 so‘m

Piyoz (1 kg) — 800 – 3000 so‘m

Sabzi (1 kg) — 3000 – 10000 so‘m

Tuxum (10 dona) — 5000 – 14000 so‘m

Guruch (1 kg) — 5000 – 18000 so‘m

O‘simlik yog‘i (1 l) — 14000 – 24000 so‘m

Shakar (1 kg) — 7500 – 9000 so‘m.


Maqola muallifi

Teglar

bozor narx

Baholaganlar

205

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing