“Janubiy Kavkaz bizning ta’sir doiramizda”. Ozarbayjon TIV Jirinovskiy sabab Rossiyaga norozilik bildirdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasining Ozarbayjondagi muvaqqat vakili mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va norozilik notasi topshirildi. Unga Rossiya Liberal-demokratik partiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiyning Ozarbayjon haqidagi fikrlari sabab bo‘ldi.

“Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi deputati, Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiyning xolis va haqoratli bayonoti munosabati bilan jiddiy tashviy va norozilik bildirild”, deya xabar qildi TIV.

Ozarbayjon tashqi siyosat idorasi Jirinovskiyning bayonotlari do‘stlik va strategik sheriklik ruhiga mos emasligini hamda mas’uliyatsizlik va provokotsion ekanini ta’kidlagan.

Ozarbayjon tomoni Jirinovskiyning “KP” radiosi efiridagi chiqishida bildirgan fikrlariga norozilik bildirgan.

Efir vaqtida gap Armaniston va Ozarbayjon chegarasida vaziyat keskinlashgani haqida borgan. Jirinovskiy Rossiya Federatsiyasi Rossiya imperiyasi va SSSRning barcha hududlariga qaytishi kerakligini aytib, “Janubiy Kavkaz bizning ta’sir doiramizda”, degan siyosiy etikaga mos bo‘lmagan fikrni bildirgan.

Jirinovskiy rus askarlari u yerda o‘lmasligi uchun, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni chaqirib, yakkama yakka uchrashuvda unga “Ilhom, sening otangiz Haydar Aliyev dono odam edi, shuning uchun, Ilhom, sen xohlagan hududingni olasan, lekin hech kim birorta ham rus askariga noto‘g‘ri qaray olmaydi, meni tushunyapsanmi Ilhom”, deyish kerakligini aytgan.

So‘ng, Jirinovskiy Ozarbayjonda diktatura o‘rnatilganini va Bayden xohlasa Aliyevni ikki haftada hokimiyatdan ketqazishini uni faqatgina Rossiya qutqarishini ta’kidlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Jirinovskiy

Baholaganlar

367

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing