Saida Mirziyoyeva otasi va o‘g‘lini tabrikladi
Jamiyat
−
24 iyul 2021
16513O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva otasi va farzandini tavallud kuni bilan tabrikladi. Bu haqda u Instagram sahifasida post qoldirgan.
“Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, aziz insonlarim. Alloh Sizni panohida asrasin!” degan Saida Mirziyoyeva.
Ma’lumot uchun, Saida Mirziyoyevaning kenja o‘g‘li Shavkatjon 2020 yilning 24 iyulida — Shavkat Mirziyoyev bilan bir kunda dunyoga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 64 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, davlat va jamoat arboblari tomonidan Shavkat Mirziyoyev nomiga tabriklar kelmoqda.
LiveBarchasi