Bayden Tramp boshlagan qurilishga pul ajratishni to‘xtatdi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jo Bayden Pentagonning AQSH-Meksika chegarasida devor qurilishini moliyalashtirish loyihalarini bekor qildi. Bu haqda Pentagon vakili Jamol Braunga asoslanib xabar berilgan.  

"Prezidentning chegara devorini qurish uchun mablag‘ ajratilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi farmoniga binoan, mablag‘lar endi devor qurilishiga yo‘naltirilmaydi", degan Braun. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyihadan chiqarilgan mablag‘ atrof-muhitga, shuningdek, harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun maktablarni moliyalashtirishga va chet ellarda harbiy ob’ektlarni qurishga sarflanadi. 

"Bugun Mudofaa vazirligi ajratilgan mablag‘lardan foydalangan barcha devor loyihalarini bekor qilishni boshlaydi va talab qilinmagan harbiy qurilish mablag‘larini qonun hujjatlariga muvofiq o‘z maqsadlariga qaytarish uchun choralar ko‘radi", deb qo‘shimcha qilgan Braun. 

Jo Bayden ushbu qaror e’lon qilinganidan keyin Kongressda respublikachilar tomonidan qattiq tanqid qilingan. 

Ma’lumot o‘rnida, AQSHning Meksika bilan chegara hududida devor qurilishi mamlakatning 45-Prezidenti Donald Trampning asosiy ishlaridan biri edi. U 2019 yilning fevralida mamlakatning janubiy qismida favqulodda holat joriy qilinishi, so‘ngra devor qurilishi uchun Pentagon fondidan 2,5 milliard dollar miqdorida summa ajratilishiga erishgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden Meksika devori

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing