Nurafshonda portlagan uy bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jamiyat
−
28 aprel 2021 4953 1 daqiqa
Avvalroq Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati holatga munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Nurafshon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘rganishlar jarayonida maishiy ehtiyoj uchun tabiiy gazni o‘g‘irlash natijasida 2 qavatli binodagi uylardan birining xonasida tabiiy gaz to‘planishi sodir bo‘lgani aniqlangandi. Xonadon egasi hisoblagichni olib tashlab, gaz quvurlarini kanalizatsiya sifoni orqali ulab qo‘yishi, tabiiy gaz sizib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr