Yangiyo‘lda portlagan uy hokimlik tomonidan to‘liq ta’mirlab berilishi aytildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi xonadonda portlash yuz bergani va ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Portlash Yangiyo‘l tumani Qirariq mahalla fuqarolar yig‘ini Istiqlol ko‘chasida joylashgan Namunaviy loyihalar asosida 2016 yilda qurilgan 80-sonli uyda joriy yilning 30 noyabr kuni soat 7:42 da gaz-havo aralashmasi chaqnashi oqibatida sodir bo‘lgan edi. Uyning portlashi va yong‘in kelib chiqishi natijasida uyning yuk ko‘taruvchi devorlari qulab tushgan.

Yangiyo‘l tumani hokimligidan ma’lum qilinishicha, ushbu uy to‘liq hokimlik tomonidan ta’mirlab beriladi. Buning uchun Yangiyo‘l tumani hokimi tomonidan 30 noyabr kuni 1/16-4211-son murojaat xati bilan “Quvasoysement” AJ raisi D.I.Raxmanovga ushbu xonadonni ta’mirlash uchun 25 tonna sement mahsulotlari ajratilishida amaliy yordam so‘rab murojaat etilgan. 

Tadbirkorlar ko‘magida 4 mingta g‘isht ertaga keltiriladi. Tuman hokimligi tomonidan 6 mln so‘m miqdoridagi qurilish materiallari va banner bilan talafot ko‘rgan uy atrofi o‘ralgan.

Tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori (J.Asatullayev) tomonidan jabrlangan fuqarolardan xabar olinib, doimiy nazoratga olingan. 

Bundan tashqari 4 ta sektor rahbarlari boshchiligida tadbirkorlar bilan hamkorlikda talafot yetgan uyning ko‘rilgan zararlarini 100 foiz ta’mirlab berilishini ma’lum qilingan. 

Ushbu xonadon va shifoxonaga ayni vaqtda yotqizilgan jabrlanganlar Yangiyo‘l tumani 4 ta sektor rahbarlarining doimiy nazoratiga olingani aytilmoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing