Respublika oltin-valyuta zaxiralari hajmi nega kamaydi?

Jamiyat

image

Bugun, 4 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisi ishini davom ettirmoqda.

Hisob palatasi o‘rinbosarining hisobotida respublikada pul-kredit va valyuta siyosati, oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish sohasida ham tahliliy tadbirlar amalga oshirilgani ham aytib o‘tildi.

Xususan, banklarning xizmat ko‘rsatishida olinadigan komission mukofotlar miqdorlari o‘rganilib, tariflari qayta ko‘rib chiqilgan.

Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi, bank tizimida yuzaga kelayotgan tizimli muammolar yuzasidan yirik davlat ishtirokidagi banklar misolida o‘rganishlar o‘tkazilgan.

Ularda bank aktivlari sifatining yomonlashuvi, bank kapitallashuviga xususiy sektorni keng jalb qilinmasligi, bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilishda salbiy tendensiya, kredit va depozitlar muddatlaridagi nomutanosibliklar kabi tizimli muammolar aniqlangan.

Bu bo‘yicha Prezident huzurida 2018 yil 22 noyabrda o‘tkazilgan yig‘ilishda keng muhokama qilindi va kiritilgan takliflarni o‘z ichiga olgan holda majlis bayonnomasi tasdiqlangan.

Bundan tashqari, respublika oltin-valyuta zaxiralarining holati yuzasidan 2018 yilda olib borilgan doimiy nazorat natijasida o‘tgan yilda oltin-valyuta zaxiralari miqdori deyarli barqaror saqlanib, yil yakunida 26,4 mlrd. dollarni tashkil etgan.

Rasmiy oltin-valyuta zaxiralari hajmi 2018 yil boshiga nisbatan 173,4 mln. dollarga (3,5 foizga) kamaydi. Bu holat O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larini investitsiya loyihalariga yo‘naltirilishi hisobiga yuzaga kelgan.

Respublika oltin-valyuta zaxiralarining qariyb yarmi (43,6 foiz) O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining valyuta mablag‘lari hissasiga to‘g‘ri keladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Senat

Baholaganlar

27

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing