“Sariq nimchalilar” qaytdi. Fransiyada namoyishlar boshlandi

Olam

image

Bugun, 12 sentyabr kuni Fransiya poytaxti Parij va boshqa shaharlarda yozgi ta’til vaqtida to‘xtab qolgan “sariq nimchalilar” norozilik aksiyalari qayta boshlandi. Bu haqda RFI xabar berdi.

Parijda “sariq nimchalilar” norozilik harakati ishtirokchilari bir nechta joyni uchrashuv joyi sifatida belgilagan: Yelisey maydoni, Sakre-Ker bazilikasi etagida va boshqa joylarda.

Shu bilan birga politsiyaning Parij prefekturasi kecha Yelisey maydoni, Yelisey saroyi va Milliy kengash va Bosh vazir rezidensiyasi oldida namoyish o‘tkazishni taqiqlagan.

Kun o‘rtasida parij prefekturasi 128 kishi qo‘lga olinganini ma’lum qilgan. taxminan shu vaqtda politsiya bilan ilk to‘qnashuvlar boshlangani aytilgandi. Soat 13:00 gacha 154 kishi hibsga olingan.

Parij transport boshqarmasi RATP 12 sentyabr kuni ertalabdan shaharda 50 ga yaqin metro stansiyasi va shahar chetiga qatnovchi poyezd ishlamasligini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Fransiyada “sariq nimcha” nomi bilan ataluvchi namoyishlar 2018 yilning noyabr oyida yonilg‘i solig‘i oshirilishi ortidan yuzaga kelgan jamoatchilik noroziligi vaqtida paydo bo‘lgan.

Natijada bu soliqlar bekor qilingan, ammo harakat saqlab qolindi va Hukumatga qarshi yirik harakatga aylanib ketdi.

“Sariq nimchalilar”ning so‘nggi yirik namoyishi 2020 yil 14 mart kuni, mahalliy saylovlar arafasida o‘tkazilgandi. Bu mamlakatda koronavirus sabab qattiq karantin rejimi o‘rnatilishidan 3 kun avval bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Sariq nimchalilar

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing