Zoyir Mirzayev Yunusoboddagi fojia qurbonlari oilasiga hamdardlik bildirdi
Jamiyat
−
20 dekabr 2019
8751Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan baxtsiz hodisada vafot etgan olti nafar quruvchining to‘rt nafari Qashqadaryo viloyatidan bo‘lgani haqida ma’lum qilinmoqda.
Bular:
1. Diyarov Anvar Normuratovich – 1986 yilda Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan.
2. Abdullayev Oybek Turayevich – 1989 yilda Shahrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida tug‘ilgan.
3. Ravshanov Jonibek Islomovich – 1989 yilda Shahrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida tug‘ilgan.
4. Abdullayev Davronbek Botir o‘g‘li – 1999 yilda Shahrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida tug‘ilgan.
“19 dekabr kuni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev va boshqa rahbarlar marhumlarning oilalarida bo‘lib, yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildirishdi”, - deya xabar qilgan viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, hukumat komissiyasi tomonidan jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga barcha zarur moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi