“Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasi kimlarningdir “cho‘ntagi”ga xizmat qilmaydimi?

Jamiyat

image

“Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasi nodavlat-notijorat tashkiloti emas, u byudjetdan tashqari jamg‘arma bo‘ladi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Adliya vazirligi tomonidan internet va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan “Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani bilan bog‘liq axborot yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 apreldagi 228-son qarorida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida “Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasini tashkil etish belgilangan.

Shuningdek, mazkur qarorga asosan, jamg‘arma yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etiladi.

Shunga ko‘ra, jamg‘arma yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishi talab qilinmasligi hamda u adliya vazirligidan (shu jumladan, nodavlat-notijorat tashkiloti sifatida) davlat ro‘yxatidan o‘tmaganligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqda davlat organlari ta’sischiligida takrorlanuvchi vazifalarga ega fondlar (nodavlat-notijorat tashkilotlari) Adliya vazirligidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotgani bildirilgan.

Ushbu o‘rinda e’tiborga berish lozimki, Jamg‘arma jamoat fondi yoki nodavlat-notijorat tashkilotlari hisoblanmaydi. Shuningdek, uning vazifasi mavjud ijtimoiy yo‘naltirilgan davlat va nodavlat tashkilotlarning vazifa va funksiyalarini aynan takrorlamaydi.

O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga asosan jamg‘arma Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining yuqoridagi qarorda nazarda tutilgan tegishli manbalar hisobidan vazirlik tasarrufiga kelib tushadigan mablag‘larni yig‘ish va ulardan foydalanish uchun tuzilgan byudjetdan tashqari jamg‘arma hisoblanadi.

Ta’kidlash lozimki, “Nodavlat-notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasiga ko‘ra, jamoat fondi jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish asosida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, Adliya vazirligidan bevosita davlat organlari ta’sischiligidagi jamoat fondlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi ma’lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda “Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasini tashkil etish haqida xabarlar chiqqanda, jamoatchilikning ayrim faollari bu jamg‘arma ham kimlarnidir shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlamasinda, deb o‘z havotirlarini bildirgandi.

Odatda, bu jahon tajribasida ham bor, nafsi och ayrim amaldorlar bunday jamg‘armalarni nodavlat notijorat tashkiloti (hammasi emas, ba’zilari) sifatida tashkil qilib, o‘z manfaati yo‘lida ishlatadi. Biroq vazirlikka ko‘ra, mazkur jamg‘arma byudjetdan tashqari jamg‘arma bo‘lishi aytilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

jamg'arma Adliya vazirligi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi

Baholaganlar

59

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing