Davlat tashkilotlari xodimlarining karantinda navbatchilik qilishi qonuniymi?

Jamiyat

image

Shu kunlarda O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasi tarqalishi sababli kuchaytirilgan karantin qoidalari amal qilmoqda. Ammo bir necha davlat tashkiloti xodimlari bu vaqtda ham o‘z faoliyatini olib bormoqda. Bunday vaziyatlarda ish vaqtidan tashqari navbatchilik yo‘lga qo‘yilish holatlari ham uchrab turishi mumkin. Xo‘sh, bu qanchalik qonuniy?

Karantin vaqtida davlat tashkilotlarida ishchilar grafik asosida navbatchilikka qo‘yilishi mumkin emas, bu javobgarlik keltirib chiqaradi.  Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bo‘limi boshlig‘i Adiba Nuriddinova ma’lum qildi. 

“Bu o‘sha tashkilotning sohasi, unda ko‘zda tutilgan ish rejimi, bugungi sharoitiga bog‘liq.
Agar tashkilotning lokal hujjatlarida yoki xodimning mehnat shartnomasida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, Mehnat kodeksiga asosan ish beruvchi ishchilarni grafik asosida navbatchilikka, ya’ni ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari ishga jalb etishga, shuningdek, o‘zining xizmat vazifasiga kirmaydigan ishlarni bajarishga majbur qilsa, javobgarlikka tortiladi”, deydi mas’ul shaxs. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 115-moddasiga binoan, xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. 
 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Karantin

Baholaganlar

136

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing