XX asrda Alyaskada sodir bo‘lgan fojianing yangi sirlari ochiqlandi

Olam

image

AQSH harbiylari Alyaskada XX asrning o‘rtalarida sodir bo‘lgan samolyot halokati qurbonlari qoldiqlarining yangi parchalarini topdi. Bu haqda “Associated Press” xabar bermoqda.

Olib borilgan qazishmalarda yo‘lovchilarga tegishli buyumlar: Budda figurasi, uchish kostyumi, bir necha santimetrlik pochta markalari, shuningdek, Vashington shahridagi Sankt-Patrik cherkovining ommaviy jadvali topildi.

Ma’lumot uchun, Vashingtondan Alyaskaga parvoz qilayotgan C-124 Globemaster harbiy samolyoti 1952 yilning 22 noyabrida Ankorij shahri yaqinidagi Gannett tog‘iga qulab tushdi. Halokat oqibatida 41 yo‘lovchi va 11 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi. Halokatdan keyin darhol marhumlarning qoldiqlarini yig‘ib olishning iloji bo‘lmadi. Keyinchalik samolyot tog‘ yon bag‘riga sirpanib tushdi.

Samolyot qoldiqlari va vayronalari bo‘yicha qidiruv faqat 2012 yilda harbiy o‘quv missiyasi muzlikda sariq rangli qutqaruv nimchasini ko‘rib qolganidan so‘ng boshlandi.

Bugungi kunga qadar 43 kishining jasadini aniqlash imkoni bo‘ldi. Dover shahrida joylashgan Harbiy-havo kuchlari bazasidagi bo‘linmalardan birining boshlig‘i Shelbi Joakum barcha qurbonlarni qidirish uchun atigi bir necha yil qolganligini istisno qilmadi. Harbiylar S-124 bortida bo‘lganlarning qoldiqlarini aniqlash va qarindoshlariga qaytarishga harakat qilmoqda, deyiladi ma’lumotda.


Maqola muallifi

Teglar

Alyaska

Baholaganlar

331

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing