Ukraina Prezidenti ofisidagilar birin-ketin koronavirusga chalinmoqda

Olam

image

COVID-19 koronavirusi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning ofisida qayd etildi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, koronavirus infeksiyasi Prezident maslahatchisi Ruslan Demchenko, shuningdek, vaqtincha egallab olingan hududlar reintegratsiyasi vaziri Aleksey Reznikovda aniqlangan.

"Har ikkala rasmiyning tashxisi kecha tunda ma’lum bo‘ldi", deyiladi xabarda.

Shuningdek, ma’lum bo‘lishicha, ikkala siyosatchi o‘tgan kuni Parijda Fransiya Prezidentining tashqi ishlar bo‘yicha maslahatchisi Emmanuel Bonn bilan uchrashuvda bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina

Baholaganlar

121

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing