Bayram kunlari O‘zbekistondagi barcha shifoxonalar 24 soat uzluksiz ishlaydi
Jamiyat
−
30 dekabr 2019
4672Yangi yil bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar haftalik ish grafigiga mutanosib tarzda 31 dekabr, 1 va 2 yanvar kunlari dam oladi. Bayram kunlari mamlakatdagi barcha tibbiyot muassasalarida tegishli jadval asosida shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining navbatchilik asosida faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Jumladan, hozirgi kunda Sog‘liqni saqlash tizimida mavjud birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatuvchi 2351 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari, tuman, viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar, ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari va mavjud 218 ta tug‘ruq komplekslarida bayram kunlari ham tibbiyot xodimlari navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi.
Shoshilinch tibbiy yordam shifoxonalari va “tez yordam” xizmati esa odatdagi tartibda bir maromda uzluksiz ishlaydi. Xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlarda 13 ta filiallari, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari tizimidagi barcha bo‘limlarida aholiga tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
LiveBarchasi