Bojxonada Isuzu va Mercedes benz fosh bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan tovar-moddiy boyliklarni yashirin yo‘llar bilan olib kirilishiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, oldindan kuzatuvga olingan Yangiyo‘l tumanidagi oshxonalardan birining yonida to‘xtab turgan fuqaro T.F.ga tegishli “Isuzu” va fuqaro X.V.ga tegishli “Mersedes benz” rusumli avtomashinalar bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Tekshiruv jarayonida avtomashinalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan 47 dona televizorlar borligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida istiqomat qiladigan fuqaro T.R.ning yashash xonadoni ham belgilangan tartibda tekshirildi.

Natijada, ushbu shaxsning xonadonida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 67 dona televizorlar borligi ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagi tadbirlar natijasida umumiy qiymati 205,4 million so‘mlik 114 dona televizorlar ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi.
Holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

bojxona tezkor

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing