Avval ichishdi, keyin biri ikkinchisini o‘ldirdi

Jamiyat

image

Ichkilikka ruju qo‘yish, spirtli ichimlikning inson ruhiyati, xulqiga salbiy ta’siri oqibatida yuzaga kelayotgan jinoyatlar yoki bu illatning oilalar, insonlar taqdirini o‘zgartirib yuborayotgani haqida ko‘p misollar keltirish mumkin.

Poytaxtning Yunusobod tumanida ikki do‘st spirtli ichimliklar sabab boshlagan "ziyofat" noxushlik bilan tugadi.

Kecha, 8 oktyabr kuni soat 18:30 larda fuqaro S.L. (1977 y.t.) o‘zining Yunusobod tumani, 12-mavzedagi xonadonida tanishi I.K. (1967 y.t.) bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘rtasida o‘zaro kelib chiqqan janjal oqibatida, u oshxona pichog‘i bilan I.K.ning bo‘yin qismiga bir necha marotaba pichoq uradi. Natijada I.K. olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etadi.

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan S.L.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod ichkilik ruju

Baholaganlar

104

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing