Rostovda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 2 sentyabr kuni Rossiyaning Rostov viloyatidagi o‘rmonda yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada 64 ta bino, shu jumladan 15 ta turar-joy binolari zarar ko‘rdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

"Yong‘inlar natijasida 64 ta bino, shu jumladan 15 ta turar-joy binosi zarar ko‘rdi", deyiladi xabarda.

Tarasovskiy tumanida yuz bergan favqulodda holat yana ikkita - Kamenskiy va Krasnosulinskiy tumanlarida qayd etilgan. 

Joylarda istiqomat qiluvchilarni evakuatsiya qilish maqsadida, 300 dan ortiq kishi joylasha olishi mumkin bo‘lgan beshta vaqtinchalik yashash joylari tayyorlangan.

Yong‘inni o‘chirish ishlariga Mudofaa vazirligi, Rossiya Gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligidan oltita samolyot jalb qilingan.

"Tong otishi bilan yong‘inlarni o‘chirish bo‘yicha aviatsiya ishlari davom ettirildi. Bunda oltita samolyotdan foydalanilmoqda, jumladan uchta Mi-8 vertolyoti va Favqulodda vaziyatlar vazirligining BE-200 samolyoti, shuningdek, Rossiya gvardiyasining vertolyoti va Mudofaa vazirligining vertolyoti", deydi Matbuot xizmati vakili.

Ma’lum qilinishicha, Moskva vaqti bilan soat 07:10 da Kamenskiy tumanidagi yong‘in to‘liq bartaraf qilingan. 

Tuni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi guruhi aholi punktlari yaqinidagi yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni olib borgan. Bugunning o‘zida idoralararo tezkor shtabning ikkita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Rostov viloyatidagi yong‘inlarning umumiy maydoni 521,7 gektardan ortiq.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rostov

Baholaganlar

30

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing