Shavkat Mirziyoyev Sindzo Abega hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga "Xagibis" to‘foni yopirilishi oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat Bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 13 oktyabr kuni “Xagibis” to‘fonining Tokioga yopirilishi natijasida 10 kishi halok bo‘ldi, 16 kishi bedarak yo‘qoldi. To‘fon Tokioda deyarli yarim million uyni elektrsiz qoldirdi.To‘fon markazidagi bosim 945 gektopaskalni tashkil etib, shamolning tezligi soniyasiga 45 metrdan 65 metrgacha chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Sindzo Abe

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing