Prezident yozuvchi Javlon Jovliyev va kitobxon oilaga Toshkentdan uy sovg‘a qildi (video)

Jamiyat

−

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev yozuvchi Javlon Jovliyev va kitobxon oilaga Toshkent shahridan uy sovg‘a qildi. Bu haqda Prezident bugun, 21 oktyabr kuni Qashqadaryoga safari doirasida mas’ullarga topshiriq berdi.

“Mana shu Til bayrami kunini nishonlashimizda Abdulla Oripovni eslashimiz tabiiy, deb o‘ylayman. Men har safar ziyolilar bilan uchrashsam, menga Erkin Vohidov, Halima Xudoyberdiyeva, Abdulla Oripov yetishmaydi, deyman”, deydi Prezident.

Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisi yuqorida nomi keltirilagn uchala shoir bilan sirdosh bo‘lganini, Abdulla Oripov bilan Zomin seminarini tashkil qilganini aytgan.

“Men ularning uchalasi bilan ham sirdosh bo‘lganman. Erkin Vohidov bilan kunduzi uchrashish mumkin emas edi, kechalari uchrashib, piyoda yurardik. Abdulla Oripov bilan Zomin seminarini tashkil qilganman. Hech kim topshiriq bermagan, sharoit ham, imkoniyat ham yo‘q edi. Vagon qo‘yib, yoshlarni yig‘ardik. Halima Xudoyberdiyeva bilan ham shunday dardkash edik”, deydi Prezident.

Shu bilan birga, Prezident hozirgi davr boshqacha ekanini, tilga bo‘lgan e’tibor, ehtirom millatga bo‘lgan ehtirom, o‘zliikka bo‘lgan ehtirom ekanini qayd etgan.

“Mana, “o‘zligimizniki, o‘zimizniki” degan gaplarni yuzaga chiqardim men. Nimaga desangiz, odamlar unutib yuboryapti-da, bu osmondan tushgan deb o‘ylaydi. Bu osmondan tushgani yo‘q. Chimda shunday sharoitlar bo‘lishi – iqtisodiyot barqarorligidan, yurtda tinchlik borligidan dalolat”, deydi O‘zbekiston yetakchisi.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev bir paytlar kitob do‘konlari bo‘lmaganini yodga olgan.

“Bir paytlar kitob do‘konlari yo‘q edi. Kitob yozishni unutib yuborgan edik, sharoit yo‘q edi. Talab bo‘lgani uchun do‘kon ko‘paydi, kutubxona ko‘paydi. Odamlar kitob o‘qishga shasht bilan kirishdi, ota-bobosidan qolgan merosni tikladi. Ochiq gap, charchagan edim. Sizlarni ko‘rib, charchoqlarim ham chiqib ketdi”, deydi O‘zbekiston Prezidenti.

Shuningdek, Prezident yosh yozuvchi Javlon Jovliyevning ijodiy mehnatini alohida e’tirof etib, unga Toshkent shahridan ikki xonali uy ajratish bo‘yicha topshiriq bergan. Respublika “Kitobxon oila” tanlovida sovrindor bo‘lgan oilaga ham poytaxtdan ikki xonali uy berish topshirilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing