Turkiya suriyalik qochqinlar uchun Yevropa “eshiklarini” ochmoqda

Olam

image

Turkiya Respublikasi Idlibdagi vaziyatning keskinlashishi tufayli Yevropaga kirishga uringan suriyalik qochqinlarni chegarada saqlamaydi. Bu haqda bugun, 29 fevral kuni "Reuters" agentligi xabar qildi.

Yevropa hozirda bunday katta qochqinlar oqimini qabul qilishga tayyor emas. Bu Yevropaga nisbatan Turkiya tomonidan qo‘llangan o‘ziga xos ultimatum ekanligi taxmin qilinmoqda.

"Biz quruqlik yoki dengiz orqali Yevropaga kirishga harakat qilayotgan suriyalik qochqinlarni to‘xtatmaslikka qaror qildik. Endi barcha qochqinlar, shu jumladan, suriyaliklar ham Yevropa Ittifoqi hududiga kirishlari mumkin", dedi ismini oshkor qilishni istamagan rasmiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya politsiyasi, qirg‘oq qo‘riqchilari va chegara xizmati qochqinlarning quruqlik va dengiz yo‘llaridagi harakatiga aralashmasliklari kerak.

Hozirda Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Suriya hukumati kuchlari va Turkiya qo‘llab-quvvatlayotgan suriyalik muxolif kuchlar o‘rtasida ziddiyatlar kuchaygan. Fevral o‘rtasida boshlangan urush harkatlari oqibatida Idlibning aholi turar joylari bombordimon qilindi. Buning oqibatida bir millionga yaqin suriyalik o‘z mamlakatini tashlab ketishga majbur bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, juma kuni kechasi Suriyaning Idlib viloyatida kamida 33 nafar turk askari Bashar Asad armiyasi va Rossiya qo‘shinlarining havo hujumlari natijasida halok bo‘lgandi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya Evropa Curiya

Baholaganlar

117

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing