Samarqandda is gazi bir odamning hayotiga zomin bo‘ldi

Jamiyat

image

Har yil kuz oxirlab, sovuq kunlar yaqinlashganda O‘zbekistonning u yoki bu hududida is gazidan odamlar halok bo‘lgani haqida xabarlar ortadi. Bu yil ham shunday bo‘ldi. Hozirgacha bir nechta viloyatlarda is gazidan odamlar vaoft etgani haqida “sovuq” xabarlar eshitildi. Ko‘rinmas qotil – is gazining navbatdagi qurboni Samarqanddan bo‘ldi.

Joriy yilning 2 noyabr kuni soat 23:00 larda Samarqand shahar, Boyovut ko‘chasida yashovchi fuqaro F.K. yashash xonadonida o‘rnatilgan suv issitish gaz “kolonka”sidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Turmush o‘rtog‘i D.V. esa is gazidan o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand is gazi

Baholaganlar

20

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing