Oliy liga bahslarida O‘zbekiston Shaxmat tarixida eng yosh chempion aniqlandi

Sport

image

Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati – Oliy liga bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, mamlakat shaxmat federatsiyasi va bir qator tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan chempionatda, O‘zbekistonning eng kuchli 13 nafar shaxmatchisi g‘oliblik uchun o‘zaro dona surdilar. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

13 tur davom etgan chempionatda Marat Jumayev, Nodirbek Yaqubboyev, Nodirbek Abdusattarov, Shamsiddin Vohidov, Abdumalik Abdusalimov, Saidakbar Saidaliyev va Javohir Sindorov kabi ko‘zga ko‘ringan shaxmatchilar har bir o‘yinda raqiblaridan biroz bo‘lsada ustun ekanliklarini namoyish eta oldi.

Keskin va murosasiz o‘tgan bahslarda 10 ochko to‘plagan Javohir Sindorov shohsupaning birinchi pog‘onasidan joy egalladi. E’tiborlisi, u bu muvofaqqiyat bilan O‘zbekiston Shaxmat tarixida eng yosh chempionga aylandi. Ikkinchi hamda uchinchi o‘rin bir xil 8,5 ochko to‘plagan N.Yoqubboyev va N.Abdusattorovga nasib etdi.

Tashkilotchilar tomonidan musobaqada kuchli sakkizlikka kirgan shaxmatchilar pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi. Birinchi o‘ringa 8.700.000 so‘m, ikkinchi o‘ringa 6.000. 000 so‘m, uchinchi o‘ringa 3.500.000 so‘m pul mukofoti berildi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Xalqaro shaxmat akademiyasi O'zbekiston shaxmat federatsiyasi

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing