Marg‘ilonda 19 nafar haydovchi qamoqqa olindi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida 19 nafar Damas`chi qamoqqa olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, Marg‘ilon shahar markazidagi B.Marg‘iloniy ko‘chasida joylashgan savdo majmuasi ro‘parasida Marg‘ilon - Farg‘ona shaharlari hamda Qirguli mavzesi yo‘nalishlarida kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi Damas rusumli avtomashina haydovchilari ushbu ko‘chadagi piyodalar o‘tish yo‘lakchasi oldiga hamda yo‘lning qatnov qismiga betartib turib olib, piyodalar va haydovchilarning harakatiga xalal bergan. Shu sababli, viloyat IIB YHXB xodimlari mazkur tartibsizlikni bartaraf qilish maqsadida yetib kelishgan.

Ammo Damas haydovchilari YPX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, fuqarolar osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlar sodir etishgan.

Ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan jami 19 nafar Damas haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183, 194 va 195-moddalari bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Marg‘ilon shahar Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudining qarori bilan 6 nafariga 15 sutka, 8 nafariga 10 sutka, 5 nafariga 5 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.


Maqola muallifi

Teglar

haydovchi Marg'ilon

Baholaganlar

756

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing