Nexia va 30 yo‘lovchisi bor avtobus to‘qnashdi

Jamiyat

image

Kecha, 14 yanvar kuni soat 08:20 larda Namangan viloyati Uychi tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH “Olmurut” mahallasi hududidan o‘tgan “Namangan-Uychi-Uchqo‘rg‘on” avtomobil yo‘lining 22-kilometrida sodir bo‘lgan. Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan M.N ishonch qog‘ozi bilan shu tumanda yashovchi 1946 yilda tug‘ilgan M.M.ga tegishli Nexia rusumli avtomobilni boshqarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1965 yilda tug‘ilgan M.A boshqaruvidagi (Namangan-Uchqo‘rg‘on yo‘nalishida qatnovchi, avtobus salonida 30 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan) Isuzu avtobusi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada, Nexia avtomobili yo‘lovchisi Uchqo‘rg‘on shahrida yashagan, 1960 yilda tug‘ilgan A.M. voqea joyida halok bo‘lgan.

Haydovchi N.M hamda yo‘lovchilari Uchqo‘rg‘on shahrida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan A.L va Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan X.Xlar olgan tan jarohatlari bilan kasalxonasiga yotqizilgan.

Shuningdek “ISUZI” avtobusining 11 nafar yo‘lovchilariga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga javob berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Namangan

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing