Pavel Durov uzr so‘radi

Texnologiya

image

Telegram asoschisi Pavel Durov 22 noyabrda messenjer ishdan chiqqanligi uchun uzr so‘radi.

Durovning so‘zlariga ko‘ra, nosozliklar kun davomida Germaniya, Iroq, O‘zbekiston, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va Belarusda bo‘lgan.    

Foydalanuvchilarning 15 foizi messenjerga ulanishda muammolarga duch kelgan. "Biz shu soat davomida yetkaza olmagan har bir xabarimiz uchun uzr so‘raymiz", deya qo‘shimcha qildi Telegram asoschisi.

Shuningdek, u kompaniya platformani iloji boricha ishonchli qilishga intilayotganini va uning mavjudligini buzishga urinishlarga qaramay, Telegram DDoS hujumlariga va boshqa muammolarga har yili tobora kamroq moyil bo‘layotganidan g‘ururlanishini ta’kidladi.

Noyabr oyi boshida Pavel Durov WhatsApp foydalanuvchilarini messenjerni ishonchsizligi sababli undan vos kechishga chaqardi. Uning so‘zlariga ko‘ra, WhatsApp nafaqat xabarlarni himoya qilmaydi, balki messenjerga aloqasi bo‘lmagan fotosuratlar va xabarlarni kuzatadi. Avvalroq, Durovning bu chaqirig‘ini, o‘zining mahsulotiga ko‘proq foydalanuvchilarni jalb qilish istagi borligi bilan bog‘lashgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 22 noyabr kuni Telegramda uzilishlar kuzatilgani haqida xabar berilgan edi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Pavel Durov Telegram

Baholaganlar

101

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing