O‘zbekiston Afg‘oniston bilan elektr energiya sohasida 10 yillik shartnoma tuzdi
Jamiyat
−
22 Sentabr 2019
6017Avvalroq, Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo energetika investitsion forumi doirasida qator bitimlar imzolangani, AQSH kompaniyasi O‘zbekistonda energetika sohasidagi yirik oyihaga qo‘shilgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur forum doirasida O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiya yetkazib berish bo‘yicha shartnoma ham imzolandi. U 10 yillik muddatga “ol yoki to‘la” tamoyili asosida barpo etilayotgan “Surxan - Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasi (EUL) bo‘yicha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) (Afg‘oniston Islom Respublikasi) o‘rtasida tuzilgan.
Elektr energiyani yetkazib berish hajmi dastlabki bosqichda 4,2 milliard kVt/s ni tashkil etadi va kelgusida 6 milliard kVt/s ga yetkaziladi.
LiveBarchasi