O‘zbekiston sayyohlar uchun xavfsiz hisoblangan davlatlar beshligiga kirdi
Jamiyat
−
06 Sentabr 2019
3700Sayohatchilar uchun onlayn xizmat ko‘rsatuvchi Wegoplace tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yolg‘iz sayohatga chiqqan sayyohlar uchun eng xavfsiz bo‘lgan beshta davlat qatorida tilga olinmoqda.
Xorijliklarning xavfsizliklarini ta’minlash borasidagi reytingni Singapur 97 ball bilan boshqarmoqda. Keyingi o‘rinlarda Norvegiya, Islandiya va Finlyandiya davlatlari 93 ballga ega bo‘lgan. Reytingning beshinchi pog‘onasida 91 ball bilan O‘zbekiston joylashgan.
Dunyoning 142 davlati aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida Venesuela eng xavfli bo‘lgan davlat sifatida tan olindi.
Sayyohlar uchun xatarli bo‘lgan so‘nggi uchlik qatorida Afg‘oniston 45 ball va Janubiy Sudan 54 ball bilan joy olgan.
LiveBarchasi