Tarazda 24 yoshli jinsiy zo‘ravon qo‘lga olindi

Olam

image

Tarazda ikki bolaning otasi jinsiy zo‘ravonlikda gumon qilinib hibsga olingan. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda.

Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 124-moddasi 1-qism "Voyaga yetmaganlarga zo‘ravonlik"ka binoan sodir etilgan jinoyatda 24 yoshli Taraz fuqarosi qo‘lga olindi. U 9 yoshli qizga nisbatan xunuk harakatlar qilgan. 

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 24 sentyabr kuni soat 19:00 da erkak qizchaga hujum qilib, jinoyat joyidan qochib ketgan. Hodisa Tarazdagi kichik tumanlardan biridagi uyning kirish qismida sodir bo‘lgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlarining ta’kidlashicha, jinoyat sodir etilgan paytda erkak mast bo‘lgan. Politsiya gumondorni aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Bu vaziyatda  jabrlanuvchi yordam bergan. 

Ushbu jinoyatni sodir etgan 24 yoshli erkak uylangan va uning ikki farzandi bor. Qo‘lga olingan shaxs o‘z qilmishini tan oldi va vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.

Uni 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'istonda Tarazda 24 yoshli

Baholaganlar

408

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing