Rossiyada o‘zbekistonliklar baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi

Olam

image

Rossiyaning Vladivostok shahrida uch nafar O‘zbekiston fuqarolari turli sabablar bilan hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 20 sentyabr kuni sog‘ligi holatining keskin yomonlashgani sababli O‘zbekiston fuqarosi S.R. vafot etdi. Shuningdek, turli baxtsiz hodisalar natijasida 21 sentyabr kuni o‘zbekistonlik ayol G.N., 22 sentyabr kuni X.N. vafot etdi.

Ayni paytda Bosh konsulxona O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi bilan birgalikda o‘zbekistonliklarning jasadlarini Vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik rossiya

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing