Hujjati bo‘lmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish yakunlanadi

Jamiyat

image

Kadastr agentligi tomonidan Milliy geoaxborot tizimida ochiq ma’lumotlar asosida ommaviy geoportal yuritiladi va u 2023 yil 1 yanvarga qadar ishga tushiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining kecha, 18 oktyabr kuni qabul qilingan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash ishlari faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.

2024 yil 1 yanvarga qadar davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi.

Davlat kadastrlarini yurituvchi vakolatli organlar 2022 yil oxiriga qadar o‘zlarining ma’lumotlar bazalari axborot tizimiga to‘liq integratsiya qilinishi ta’minlanadi.

Malaka shahodatnomasiga ega bo‘lgan kadastr muhandislari axborot tizimidan foydalanilganligi uchun har oyda BHMning bir baravari miqdorida to‘lov amalga oshiradi.

Ochiq ma’lumotlar ommaviy geoportal orqali davlat boshqaruvi organlariga bepul, jismoniy shaxslar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa yuridik shaxslarga to‘lov evaziga taqdim etiladi.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi yer uchastkasi kadastr raqami, uning manzili va undan foydalanish maqsadi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni foydalanuvchilar tomonidan bepul olish imkoniyati yaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

er

Baholaganlar

1517

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing