Hutiylar BAAga raketa hujumi uyushtirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Havo hujumidan mudofaa tizimlari Yaman shimolidagi hukmron “Ansorulloh” (hutiylar) harakati tomonidan uchirilgan ikkita ballistik raketani tutib oldi va yo‘q qildi. Bu haqda BAA Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berilgan.  

“Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa tizimlari hutiy terrorchi guruhi tomonidan mamlakat tomon uchirilgan ikkita ballistik raketani tutib, yo‘q qilganini ma’lum qildi va hujumda hech kim jabrlanmaganini tasdiqladi”, deyilgan xabarda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, “ushlab olingan va yo‘q qilingan ballistik raketalarning qoldiqlari Abu-Dabi amirligining ayrim hududlariga tushgan”. 

BAA Mudofaa vazirligi, shuningdek, “har qanday tahdidlarga qarshi turishga va davlatni barcha hujumlardan himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishga tayyor”ligini aytgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Yamanda 2014 yil avgust oyidan beri hukumat kuchlari va husiylar o‘rtasidagi qurolli qarama-qarshilik davom etmoqda. 2015 yildan beri Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari boshchiligidagi arab koalitsiyasi hukumat tomonida jang qilmoqda. Birlashgan Arab Amirliklari avvalroq Yamandagi harbiy amaliyotlarda ishtirok etishni to‘xtatganini e’lon qilganiga qaramay, ular Yaman portlarida yaratgan harbiy bazalarida o‘z harbiylarini qoldirgan. Yaqinda BAA hukumat tomonida Yamanning bir qancha viloyatlarida husiylarga qarshi janglarda qatnashdi, jumladan, ular ishtirokida janubi-sharqiy Shebva viloyatida hukumat nazorati ostidagi hududlarni qaytarish mumkin bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

BAA raketa

Baholaganlar

563

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing