Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Husiylar Tel-Avivdagi harbiy ob’ektga zarba berganini e’lon qildi

Olam

image

Yamandagi husiylar Tel-Avivdagi harbiy ob’ektga uchuvchisiz samolyot yordamida hujum uyushtirganini e’lon qildi. Bu haqda “Al-Masirah” telekanalida husiylar harbiylari vakili Yahyo Sariya xabar berdi.

“Yaman Qurolli kuchlari Yaffa tipidagi uchuvchisiz uchoq yordamida bosib olingan Yaffa (Tel-Aviv) hududidagi Isroil harbiy ob’ektiga zarba berish bo‘yicha harbiy operatsiya o‘tkazdi”, dedi harbiy vakil.

Sariyaning ta’kidlashicha, operatsiya “Isroil AQSH ko‘magida G‘azo sektorida genotsid amalga oshirayotgan Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash” maqsadida amalga oshirilgan.

Kecha, 4 aprel kuni Isroil armiyasi sharqdan mamlakat janubidagi Arava hududi tomon uchayotgan dronni tutib olgani haqida xabar berdi.

Yaman ham havo hujumidan mudofaa kuchlari “AQSH va Isroil” uchun ma’lumot to‘playotgan Giant Shark F360 razvedka uchuvchisiz samolyotini yo‘q qilganini e’lon qildi.

“Bizning kuchlarimiz hujumlar to‘xtatilgunga qadar va G‘azo sektori blokadasi olib tashlanmaguncha mazlum Falastin xalqi oldidagi majburiyatlarini bajarishda davom etadi”, dedi Sariya.

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va asir almashish kelishuvi kuchga kirganidan keyin Isroilga raketa va dron hujumlarini to‘xtatgan husiylar Tel-Avivning HAMAS bilan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzganidan so‘ng ularni qayta boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaman Tel'-Aviv Husiylar Yahyo Sariya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing