Husanovning “Real”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Sport

image

Kecha, 11mart kuni Ispaniyaning “Real Madrid” klubi Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichining ilk uchrashuvida o‘z maydonida Angliyaning “Manchester Siti” jamoasini yirik 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu uchrashuvda Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda madridliklar sardori Federiko Valverde faoliyatidagi ilk xet-trikni qayd etdi. Urugvaylik futbolchi 
20-, 27- va 42-daqiqalarda gol urdi.

57-daqiqada “Manchester Siti” darvozaboni Janluiji Donnarumma Vinisius Junior tomonidan tepilgan penaltini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda “qirollik klubi” himoyada ishonchli harakat qilgan holda 3:0 hisobini o‘yin yakuniga qadar saqlab qoldi.

Uchrashuvda o‘z darvozasidan 3 ta to‘p olib chiqqan “shaharliklar himoyasi tabiiyki past baholandi. “SofaScore” portali Abduqodir Husanovning ushbu o‘yindagi harakatlarini 5,9 ball bilan baholadi. Taqqoslash uchun: Niko O’Rayli 5,6, Mark Gehi 6,0, Diash 6,6 ball olgan. 

Ta’kidlash joiz, ushbu uchrashuvda Husanov markaziy himoyada emas, balki o‘ng qanot himoyasida harakat qildi.

Ma’lumot uchun, ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi joriy yilning 17 mart kuni Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Siti” “Real Madrid” Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing