Husanovning “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Sport

image
Kecha, 13 may kuni Angliya Premer-ligasining 31-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuvda “Manchester Siti” o‘z maydonida “Kristal Pelas”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahsda Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Manchester shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mezbonlar safida Antuan Semeno (32-daqiqa), Omar Marmush (40-daqiqa) va Savino (84-daqiqa) gol urdi.

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Fil Foden ushbu bahsda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa, 25 yoshli futbolchi Angliya Premer-ligasidagi 223 o‘yinda 101 ta samarali harakat (68 ta gol va 33 ta assist) qayd etdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ushbu bahsda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. “Sofascore” portalining talqiniga ko‘ra, Husanovning o‘yindagi harakatlari 7,3 ballga loyiq ko‘rildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng, “Manchester Siti” ochkolar sonini 77 taga yetkazdi va chempionat peshqadami “Arsenal”dan ikki tur qolganida 2 ochko ortda bormoqda.

Keyingi turda “shaharliklar” joriy yilning 19 may kuni safarda “Bormunt”ga qarshi maydonga tushadi.

Maqola muallifi

Teglar

Prem'er-liga “Manchester Siti” Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing