Husanov ortidan “Bunyodkor” va “Energetik-BGU” qancha ishlab oldi?

Sport

image

20 yoshli o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga transferidan “Bunyodkor” 2 million yevro, “Energetik-BGU” esa 454 ming yevro ishlab oladi. Bu haqda futbolchining agenti G‘ayrat Xasbiulin “Championat” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

“Energetik” va “Bunyodkor” futbolchini tarbiyalagani uchun “Siti”ga transferdan boshlab qo‘shimcha to‘lovlarni olishga haqli. Transfer narxining 5 foizi Husanovning akademiyalarda o‘tkazgan vaqtiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 500 ming yevroga yaqin summa bu “Energetik-BGU” uchun juda yaxshi summa. Agar “Bunyodkor” vaqtida futbolchini sotib yuborganida, bunchalik ko‘p pul topishlari qiyin bo‘lardi”, deydi Xasbiullin.

Ma’lumot uchun, Husanov bonuslarni hisoblaganda 50 million yevro evaziga “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tdi. Himoyachining shaharliklar bilan shartnomasi 4,5+1 sxemasida imzolangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanovning “Manchester Siti”dagi oylik maoshi miqdori aniq bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Bunyodkor Abduqodir Husanov G'ayrat Xasbiulin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing