Husanov “Real”ga qarshi o‘ynagan eng yosh ikkinchi futbolchiga aylandi

Sport

image

O‘zbekiston terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov “Real”ga qarshi debyut qilgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi. Bu haqda “Opta” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov Yevropa Chempionlar ligasi doirasida Madridning “Real” klubiga qarshi debyut qilgan ikkinchi eng yosh futbolchi bo‘ldi. Husanov 20 yosh-u 356 kunligida bu natijani qayd etdi. Bundan avvalgi rekord 2014 yilda qayd etilgan va o‘shanda “Shalke” futbolchisi Kaan Ayxan 19 yosh-u 128 kunligida “Real Madrid”ga qarshi maydonga tushgan.

Ma’lumot o‘rnida, 20 fevralga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob o‘yinida “Real Madri” o‘z uyida “Manchester Siti”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahsda o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Dastlabki bahsda madridliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan. Umumiy hisob 6:3 va “qirollik klubi” keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Sofascore” nashri o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovni “Real”ga qarshi o‘yini uchun 6.8 balga loyiq ko‘rgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Siti Evropa Chempionlar ligasi Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing