Humoyun To‘xtamurodov ochiqda emas – Farg‘ona viloyati IIB (video)

Sport

image

Joriy yilning 27 noyabr sanasida Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tezkor tadbirlari doirasida MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov Qo‘qon shahrida ikki nafar shaxslarga tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringani va  voqea ortidan sportchi huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan ushlangani xabar qilingandi.

To‘xtamurodovga Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi bilan 3 oylik qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda sportchining ochiqda yurganligi haqidagi mish-mishlar rad etildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.

“Bu yerdagi har bir daqiqamda o‘zim uchun tegishli xulosalarni chiqaryapman. Bundan keyin salbiy holatlar qaytarilmaydi”, deydi sportchi. 

Shuningdek, Farg‘ona viloyati IIB tomonidan yolg‘on xabarlarga ishonmaslik so‘raldi.

“Fuqarolarimizdan ijtimoiy tarmoqlardagi har xil xabarlarga ishonib, aldanib qolmaslikni so‘rab qolamiz, deyiladi Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Qo'qon Humoyun To'xtamurodov Dolzarb 40 kunlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing