Hukumatning tashkiliy tuzilmasi kengaytirildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Bosh vazirining maslahatchilari soni yana ikkita ko‘paydi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:

a) O‘zbekiston Bosh vazirining maslahatchisi - Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimi tugatildi;

b) O‘zbekiston bosh vazirining maslahatchisi - Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimi kiritildi;

v) Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti tugatildi hamda uning negizida Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti tashkil etildi;

g) Ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati tugatildi hamda uning negizida quyidagilar tashkil etildi:

Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati;

Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati.

Vazirlar Mahkamasining boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 269 nafardan iborat bo‘lgan yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi.

Qaror bilan belgilanishicha:

Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati, Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati hamda Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti faoliyatini muvofiqlashtirish bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish bosh vazir o‘rinbosari - turizm va sport vaziri tomonidan amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

43

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing