Hukumatning parlamentdagi vakolatli vakili tayinlandi
Jamiyat
−
03 fevral 2020
6661O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Ma’rufjon Mamatojiyevich Tojiboyev Hukumatning Oliy Majlisdagi vakolatli vakili etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, vakolatli vakil:
• Oliy Majlis palatalarida ko‘rib chiqiladigan qonun loyihalarini, boshqa hujjatlarni tayyorlash borasida Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalarining, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro hokimiyati organlarining yaqin hamkorligini ta’minlaydi;
• Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalari bilan qonun ijodkorligi faoliyatidagi hamkorligini tashkil etadi;
• Oliy Majlis palatalari tomonidan parlament nazoratini amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasi vakillarining ishtirok etishiga ko‘maklashadi.
LiveBarchasi