Hukumat qaroriga ko‘ra, yangi jamg‘arma tashkil etiladi
Jamiyat
−
16 aprel 2019
3757Joriy yilning 16 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Qaror loyihasiga muvofiq, ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Moliya vazirligining Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha byudjetdan tashqari jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Quyidagilar jamg‘arma daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilanadi:
• suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan qo‘llangan jarimalardan ajratmalar;
• jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan xayriya mablag‘lari;
• vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
• qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa daromadlar.
Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlanadi.
Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlarining uzluksiz ish stajini hisobga olgan holda, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan, ularning lavozim maoshlariga nisbatan foiz hisobida oylik ustama haq miqdori quyidagicha belgilanishi mumkin:
• ish staji 1 yildan 3 yilgacha – 15 foiz;
• ish staji 3 yildan 5 yilgacha – 30 foiz;
• ish staji 5 yildan 10 yilgacha – 45 foiz;
• ish staji 10 yildan 15 yilgacha – 60 foiz;
• ish staji 15 yildan va yuqori – 75 foiz.
Uzluksiz ish staji quyidagi holatlarda lavozimda ishlashga kirganda:
• tashkilotlar tugatilgani (qayta tashkil etilgani) yoki shtat qisqargani yoxud doimiy yashash joyi o‘zgargani sababli tashkilotlardan ishdan bo‘shagan kundan boshlab uch oydan kechikmay ishga kirganda;
• o‘z xohishiga ko‘ra (uzrli sabab bo‘yicha), shu jumladan eri yoki xotini boshqa yashash joyiga o‘tganda (o‘tish vaqti bir oylik muddatga kiritilmaydi) tashkilotlardan ishdan bo‘shagan kundan boshlab bir oydan kechikmay ishga kirganda.
LiveBarchasi