Hukumat qarori: G‘alla to‘liq o‘rib olinmaguncha kombaynlarning fermer dalasidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori  bilan Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi. 
 
Nizomga muvofiq, tuman hokimi qarori bilan g‘alla yig‘imini tashkil etish hamda boshoqli don yalpi hosili va hosildorligini aniqlash maqsadida o‘rim-yig‘im otryadlari tuziladi.
  
G‘alla to‘liq o‘rib olinmaguncha kombaynlarning fermer dalasidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
 
O‘rim-yig‘im boshlanishidan oldin 41 sentner va undan yuqori hosil to‘plash haqida xulosa berilgan korxonalarga dastlabki bosqichda topshirilgan don qiymatining 100 foizi miqdorida hisob-kitob qilinadi.
 
Qolgan korxonalar uchun esa 85 foizi miqdorida hisob-kitob qilinadi.
 
Hisob-kitob qilishda hosildorlik 41 sentner va undan yuqori bo‘lganda ustama, 40 sentnerdan kam bo‘lganida esa chegirma qo‘llaniladi. 

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori G'alla

Baholaganlar

68

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made