Hukumat qarori – Buxoro shahrida “Bukhara City” majmuasi quriladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 8 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro shahrida “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.

Qarorga muvofiq, Buxoro shahrining belgilangan hududlarida samarasiz foydalanilayotgan ob’ektlar, bino va inshootlar egallagan jami 83 gektar maydonda “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazi barpo qilinadi. 

Qarorga ko‘ra, “Bukhara City” hududida ob’ektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi tashkil etildi.

Mazkur majmuani barpo etish jarayonida zarur tadbirlarni tashkillashtirish va investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha viloyat kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Majmua hududida muzey, xalqaro konferensiya va forumlar o‘tkazish uchun “Ekspomarkaz”, biznes markazi, kinoteatr, teatr, kutubxona, banklar, ofislar, turar joy binolari va boshqa zamonaviy ob’ektlarni joylashtirishga ustivorlik beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi Bukhara City

Baholaganlar

31

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing